Hindiston aholisi 2080 yilda qanchaga ko‘payishi aytildi
Olam
−
11 iyun
11629Hindiston aholisi hozirda taxminan 1,5 milliard kishini tashkil etmoqda, kelajakda esa bu raqam yana 200 millionga oshishi kutilmoqda. Bu haqda BMTning Aholi jamg‘armasi (UNFPA) hisobotida qayd etilgan.
Hisobotda aytilishicha, mamlakatdagi aholi soni tahminan 40 yildan keyingina kamayishni boshlaydi.
“Hozirda Hindiston dunyodagi eng ko‘p aholiga ega mamlakat bo‘lib, aholisi taxminan 1,5 milliard kishini tashkil etadi. Kutilishicha, bu raqam 1,7 milliardgacha ko‘tariladi va taxminan 40 yildan so‘ng kamayishni boshlaydi”, deyiladi hisobotda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Hindistonda bir ayolga o‘rtacha ikki nafar bola to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, xalqaro tashkilot prognoziga ko‘ra, Yer aholisi 2080 yillarning o‘rtalarida 10,3 milliard kishiga yetadi.
BMTning “World Population Prospects” (Jahon aholi istiqbollari) nomli o‘tgan yilgi hisobotida Hindiston aholisi ushbu asrning 2060 yillarning boshida cho‘qqiga chiqib, taxminan 1,7 milliard kishiga yetishi prognoz qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Yer yuzi aholisini real vaqt rejimida hisoblovchi “Worldometer” portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda sayyorada 8 milliard 213 milliondan ko‘proq aholi yashamoqda. Dunyo aholisi soni bo‘yicha reytingda 1,5 milliard kishi bilan Hindiston yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa 37 milliondan ko‘proq aholi bilan 43-o‘rinda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiyaning Aalto universiteti tadqiqotchilari sayyorani kvadrat zonalarga ajratishning an’anaviy usuli shaharlardan tashqarida yashovchi odamlar sonini sezilarli darajada kam baholashga olib kelishini ta’kidlagandi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, Yer aholisi rasmiy hisobdan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul