Hindiston ham Pokiston uchun osmonini yopdi
Olam
−
01 may 4392 2 daqiqa
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikning yangidan kuchayishi munosabati bilan Nyu-Dehli kecha, 30 aprel kuni kechqurun Pokiston aviakompaniyalari uchun havo hududini butunlay yopishga qaror qildi. Bu haqda Hindiston hukumatining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.
Hindiston rasmiylari bayonotiga ko‘ra, ko‘rilgan chora Pokiston tomonidan ilgari qabul qilingan xuddi shunday taqiqqa javobdir.
“Taqiq darhol kuchga kiradi va 23 maygacha amal qiladi”, deyiladi bayonotda.
Kecha, 30 aperel kuni ertalab Islomobod hukumati Nyu-Dehlini “kelgusi 24-36 soat ichida” o‘z hududiga harbiy zarba berishga tayyorlanayotganlikda ayblagandi. Pokiston Axborot va radioeshittirish vaziri Attaulla Tarar “ishonchli razvedka” ma’lumotlariga tayangan holda bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning munozarali Kashmir viloyatidagi Pahalgam sayyohlik shaharchasida yaqinda sodir etilgan terakt hujum uchun “yolg‘on bahona” sifatida ishlatiladi.
“Har qanday bosqinchilik harakati qat’iy javob bilan kutib olinadi. Hindiston mintaqadagi har qanday jiddiy oqibatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi!” deb yozdi Tarar X ijtimoiy tarmog‘ida.
Hindiston avvalroq daryodan suv taqsimotini tartibga soluvchi 1960 yildagi Hind suvlari shartnomasidan chiqishini e’lon qilgan, shuningdek, pokistonliklar uchun vizalarni bekor qilgan va o‘z fuqarolarini qo‘shni davlatni tark etishga chaqirgan edi. Buning natijasida 800 ga yaqin Pokiston fuqarosi Hindistonni tark etdi va 1500 ga yaqin hindistonlik vataniga qaytdi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘nlab yillar davom etgan mojaro o‘tgan hafta 22 aprel kuni Pahalgam shahrida jangari guruh tomonidan uyushtirilgan hujumda 26 kishi halok bo‘lganidan keyin avj oldi.
Halok bo‘lganlarning aksariyati sayyohlardir. Hindiston Islomobodni voqeaga aloqadorlikda aybladi, biroq Pokiston ayblovlarni rad etib, mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hujumga aloqadorlarning barchasini jazolashga va’da berdi.
“Hindiston harbiylari terrorchilik hujumiga javob berish usuli va vaqti to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun to‘liq operatsiya o‘tkazish erkinligiga ega”, dedi u 29 aprel kuni.
Britaniya, Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishgandan beri 1947 va 1965 yillarda Kashmir uchun ikki marta uchta urush olib borishdi. Ularning 1971 yildagi uchinchi urushi Bangladesh davlatining tashkil topishi bilan yakunlandi.
1999 yilda mamlakatlar o‘rtasida yana urush boshlandi, ular e’lon qilinmagan urush sifatida tasniflandi. Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirda har ikki davlatda taxminan 170 ta jangovar kallakdan iborat yadro arsenallari mavjud.
Live
Barchasi