Hidoyatov davridagi 781 gektar yer mashmashasi. Hokimlik Adliya vazirining gaplariga zid munosabat berdi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
6361Joriy yilning 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 23-yalpi majlisida hisobot bergan Adliya vaziri Ruslan Davletov 2021 yilning oktyabr oyida Toshkent viloyatidagi 781 gektar yer maydoni viloyat hokimligi qarori bilan MCHJga auksionsiz shundoq berib yuborilgani haqida aytgan edi.
Mazkur holat oktyabr oyida sodir bo‘lgani, o‘sha vaqtda viloyatda Davron Hidoyatov hokim lavozimida ishlagani, 2021 yilning 18 noyabr kuni Zoyir Mirzayev hokimlikka tayinlangani, vazirning yer auksionsiz berib yuborilishi haqidagi fikri Zoyir Mirzayevning rahbarlik qilib kelayotgan davr bilan tushunilmasligi кyerаклиgini hisobga olib, QALAMPIR.UZ’da “Hidoyatov davrida 781 gektar yer Prezident farmoniga xilof ravishda berib yuborilgani aytildi” nomli xabar e’lon qilindi.
Xabar avvalida shunday jumla jumla keltirilgan:
“Ayni vaqtda Chirchiq shahar hokimi lavozimida ishlayotgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyatida hokim bo‘lib ishlayotgan davrida mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga 781 gektar yer maydoni Prezident farmoniga xilof tarzda ajratilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senatning 23-yalpi majlisida ma’lum qildi”.
Toshkent viloyati hokimligi 781 gektar masalasini Senatga olib chiqqan Adliya vaziriga emas, QALAMPIR.UZ’ga javob yo‘llash asnosida, ushbu yer Hukumat qarorlariga bo‘ysungan holatda ajratilganini aytib chiqdi.
“Qalampir.uz” internet nashrida “Ayni vaqtda Chirchiq shahar hokimi lavozimida ishlayotgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyatida hokim bo‘lib ishlayotgan davrida mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga 781 gektar yer maydoni Prezident farmoniga xilof tarzda ajratilgan” deb boshlanuvchi axborot-maqola e’lon qilindi”, deyiladi xabar avvalida.
Shundan so‘ng, hokimlik 781 gektar maydonni auksionsiz MCHJga berib yuborilishi sabablariga oydinlik kiritgan. Unday shunday deyiladi:
"Aslida, bu qarorni qabul qilinishida davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda quyidagi asoslar va sabablarni keltirib o‘tamiz:
Toshkent viloyat xokimligi tomonidan 2021 yil 7 oktyabr kunigi 164-10-0-Q/21-son “Viloyat hokimining 2021 yil 16 sentyabrdagi 128-10-0-Q/21-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra MCHJga Nurafshon shahri hududidagi jami 781 gektar yer maydoni (Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2021 yilning o‘zida Nurafshon shaxri uchun ajratilgan yerlardan 50 gektar yer maydonlari yo‘llar va boshqa infratuzilmani tashkil qilish uchun foydalanilgan) shaharning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan qurilish ishlari boshlangunga qadar boshoqli don ekinlarini ekish uchun vaqtincha biriktirib berilgan.
Ushbu yer maydonlari vaqtincha biriktirilishidan maksad Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi “2035 yil davrigacha Nurafshon shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 473-son qarori bilan Nurafshon shahrining 2035 yil davrigacha bo‘lgan bosh rejasi asosiy qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra 3248,2 gektar yer maydoni istiqbolda shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilganligi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga asosan ushbu yer maydonlaridan kurilish ishlari amalga oshirilguniga qadar bo‘sh turmasligi va aholini oziq-ovqat xafsizligini ta’minlash maqsadida amalda bo‘lgan Yer kodekisiga asosan qaror qabul qilingan.
Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yilda 6243-PF-sonli farmoni qabul kilinishi munosabati bilan, farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga 16.08.2021 yildagi O‘RQ-708-sonli Qonunga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, yangitdan qabul qilingan Yer kodeksining 49-moddasiga asosan, ya’ni Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi amaldagi moddasi inobatga olinib, ushbu 2021 yil 7 oktyabrdagi 164-10-0-Q/21-son qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5200-son qaroriga asosan, viloyatda jami 11 013 gektar yer maydoniga tokzor plantatsiyalari barpo etilishi belgilangan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi foydalanishidagi yer maydonlarida 2022 yil boshoqli don ekinini joylashtirish bo‘yicha viloyatda belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash uchun don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq, deb topilgan.
Shu o‘rinda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish (tasarruf etish, ijara, foydalanishga berish, vaqtinchalik biriktirish va hokazo) yuzasidan ma’muriy reglament ishlab chiqilmaganligi, hududiy adliya organlari tomonidan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazilish mexanizmi yaratilmaganligini ham nazarda tutish lozim.
Qaror sanasiga e’tibor qilinsa, (oktyabr oyi) u ayni qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan, kuzgi g‘alla ekish mavsumiga to‘g‘ri qilinganini ko‘rish mumkin. Ya’ni, ekish mavsumi o‘tib ketsa, yil yakuniga kelib, yer maydonlari ekin ekish uchun yaroqsiz holatga kelib qolishi, bu esa, o‘z navbatida, yuqorida ta’kidlanganidek, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muammolar tug‘ilishi hisobga olingan va yer mavsumiy foydalanish uchun biriktirib berilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘sha vaqtda yerdan samarali foydalanish, dehqonlar ta’biriga ko‘ra, yerning “umri”ni bekor o‘tkazmaslik, qolaversa, Toshkent viloyatida Hukumat tomonidan berilgan topshiriqlarni to‘laqonli bajarish, viloyat ko‘rsatkichlarini Respublika ko‘rsatkichlari darajasiga yetkazish uchun mana shunday yo‘l tutilgan va yuqoridagi qaror qabul qilingan”.
Eslatib o‘tamiz, Senatning 23-yalpi majlisida Adliya vaziri Ruslan Davletov shunday degan edi:
“O‘zbekistonda yer ajratish allaqachon auksion orqali amalga oshirish tizimiga o‘tganiga qaramay, baribir to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratishga harakatlar bo‘lmoqda”.
Uning qayd etishicha, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning oktyabr oyida 781 gektar yerni to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish haqida qaror qabul qilingan.
“Juda katta tushuntirildi, mumkinmas deyildi, hammasi olib qo‘yildi, qo‘lidan registratsiya kitoblari ham olib qo‘yildi. 781 gektar yer maydonini bir MCHJga shundoq berib yuboryapti. Har xil bahonalar: biriktirib qo‘yish, vaqtincha foydalanish, berib turish.
Biz hozir shu qaror bo‘yicha sudlashyapmiz, taqdimnoma kiritdik, bekor qilinmadi. Baribir hammasini oxiriga yetkazamiz”, degan edi vazir Davletov
LiveBarchasi