“Hech kim o‘qimaydi”. Guterrish BMT hisobotlarini kamaytirishni taklif qildi

Olam

image

Joriy yilning 1 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tuzilma chiqargan qator hujjatlarning samarasizligini izohlab, tashkilot hisobotlari va yig‘ilishlari sonini qisqartirish zarurligini aytdi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Guterrish a’zo davlatlarni o‘zining UN80 ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan hisobot haqida ma’lumot berdi. Hisobotda asosiy e’tibor BMT xodimlari BMT Bosh Assambleyasi va BMT Xavfsizlik Kengashi kabi organlar tomonidan berilgan minglab mandatlarni qanday bajarayotganiga qaratilgan.

“Bugungi kunda barcha mandatlarning yarmidan ko‘pi hisobotlarni tayyorlashni talab qiladi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida kotibiyat 1100 ta hisobot tayyorladi, bu 1990 yildagidan 20 foizga ko‘p. Beshtadan uchtasi takrorlanadigan mavzularga taalluqlidir. Tan olishim kerakki, bu hisobotlar ham uzoqroq davom etmoqda. So‘nggi 20 yil ichida matn hajmi 40 foizdan ko‘proqqa oshdi”, degan u yig‘ilishda so‘zga chiqib.

Antoniu Guterrishning ta’kidlashicha, bajarilgan ishlar hajmiga qaramay, hisobotlarning muhim qismi e’tibordan chetda qolmoqda: ularning har beshinchisi ineternetda mingdan kam yuklangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ularning o‘qilganiga ishonchi komil emas. Hujjatlarni tayyorlash va yig‘ilishlarni tashkil etish xarajatlari esa muntazam byudjetning muhim qismini tashkil qiladi. Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, byudjetning har o‘n dollaridan biri qo‘shimcha bilvosita xarajatlarni hisobga olmaganda, to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ilishlar va nashrlarga xizmat ko‘rsatishga ketadi.

Tashkilotga ko‘ra, UN80 ishning uchta asosiy yo‘nalishiga asoslanadi: BMTning ichki samaradorligini oshirish, jumladan, byurokratiyani kamaytirish; mandatlarni qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan eskirganlarini yo‘q qilish; tizimli o‘zgarishlar va tashkilotning butun tizimining arxitekturasini va undagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqish.

Ma’lumot uchun, tashkilotning mandatlari – bu BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning so‘rovlari yoki ko‘rsatmalaridir. 1945 yildan beri ularning soni sezilarli darajada oshdi. Hozirda 400 ga yaqin hukumatlararo organlar tomonidan amalga oshirilayotgan 40 mingdan ortiq mandatlar mavjud. Ular har yili 27 mingdan ortiq uchrashuvlarni talab qiladi va har kuni taxminan 2300 sahifali hujjatlarni ishlab chiqaradi. Bu yiliga taxminan 360 million dollarga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish hisobotlar UN80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing