Hech xayolimizga kelmagan taklif – Akmal Saidov jamiyat davlatni tiyib turishi haqida

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlat va jamiyat munosabatlarida o‘zaro tiyib turish tamoyili mustahkamlab qo‘yilishi mumkin. Bu taklif bugun, 10 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi Narimon Umarov fuqarolar yuborgan takliflar haqida fikr bildirdi.

“Konstitutsiyada davlat va jamiyat munosabatlarida o‘zaro bir birini tiyib turish mexanizmlarini yanada mustahkamlash. Bu orqali nimaga erishamiz? O‘ylaymizki, fuqarolik jamiyatini haqiqatdan shakllantirishda bu muhim omil bo‘ladi, deb hisoblaymiz”, dedi Umarov.

Bunga komissiya raisi Akmal Saidov munosabatini bildirib, bu haqda avval o‘ylab ko‘rmaganini urg‘uladi.

“Bitta yangi fikr aytdingiz. Bizda o‘zaro tiyib turish turli hokimiyatlar — qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati [o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan]. Siz jamiyat va davlat o‘rtasida o‘zaro tiyib turish masalasini aytdingiz. Biz oldin inson va davlat o‘zaro majburiyatlarga ega deb aytardik. Bu yerda esa davlat va jamiyatni o‘rtasida o‘zaro tiyib turish masalasi [ko‘tarilyapti]. Mana shu muhokamalarda oldin hech xayolimizga kelmagan takliflar kelyapti”

Saidovga ko‘ra, bu taklifning amalga oshirilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan “davlat — jamiyat — inson” tamoyilini “inson — jamiyat — davlat”ga almashtirishni mustahkamlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing