“Hayshen” yaqinlashmoqda. Yarim million aholini evakutsiya qilish buyurildi

Olam

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Yaponiyaning janubiy va janubi-g‘arbiy qismida yashovchi 500 mingdan ortiq aholi yaqinlashib kelayotgan "Hayshen" to‘foni tufayli mahalliy hokimiyatdan evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma oldi. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Nagasaki, Kumamoto va Kagosima prefekturalarida kamida 530 ming kishiga evakuatsiya qilish buyurilgan. Shu bilan birga, Yaponiyaning janubiy va janubi-g‘arbiy qismidagi to‘qqizta prefekturada 3,5 milliondan ortiq odam yaqinlashib kelayotgan tayfun tufayli evakuatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar oldi. Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi kuniga 600 mm yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda. Ba’zi hududlarda shamol tezligi 50 m/s ga yetadi. 

Yaqinlashayotgan tayfun tufayli yakshanba kuni mamlakatning janubi va g‘arbiy qismini Yaponiyaning qolgan qismi bilan bog‘laydigan 550 dan ortiq ichki reyslar bekor qilindi. JR West temir yo‘l operatori, o‘z navbatida, 7 sentyabrdan boshlab mamlakatning g‘arbiy va janubi- g‘arbiy qismida tezyurar poyezdlar harakatini to‘xtatishga, shuningdek ob-havo sharoiti tufayli Yaponiyaning markaziy va g‘arbiy qismlari o‘rtasida parvozlar sonini kamaytirishga qaror qildi. 

Toyota, Honda va Mitsubishi Heavy Industries kabi yirik milliy kompaniyalar tayfun tufayli mintaqadagi zavod faoliyatini to‘xtatishga qaror qildilar. Aholi yashash hududlariga eng yaqin bo‘lgan7-Eleven do‘konlar tarmog‘i tayfun paytida mamlakatning janubi va janubi-g‘arbidagi prefekturalarda joylashgan 1650 do‘konining vaqtincha yopilishini e’lon qildi. 

Ayni paytda "Hayshen" Tinch okeani bo‘ylab Yaponiyaning eng janubiy Okinava prefekturasi tomon 20 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Zilzila markazida shamolning tezligi 70 m/s ga yetadi. "Hayshen" yakshanba kuni kechqurun Yaponiyaning janubiy mintaqasiga yetib borishi kutilmoqda. 

Bosh vazir Sindzo Abe 4 sentyabr kuni Hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi va unda mahalliy aholini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. 

Yaqinda Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida “Maysak” to‘foni urildi. Bu mintaqada elektr energiyasining katta uzilishlariga olib keldi. "Hayshen" esa “Maysak”dan bir necha barobar kuchli ekani aytilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya To'fon Tayfun

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing