Hayit bayrami sabab maktablarda darslar tig‘izlashtirilgan holda o‘tiladi

Jamiyat

image

Maktablarda Ramazon hayiti bayrami kunlariga rejalashtirilgan darslar tig‘izlashtirilgan holda o‘tiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Umumta’lim muassasalarida 13-15 may kunlariga rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlarini joriy o‘quv yili yakuniga qadar tig‘izlashtirgan holda o‘tiladi.

Vazirlik bu holatni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan 13 may – payshanba kuni Ramazon hayitining birinchi kuni, 14-15 may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangani bilan izohlagan.

Ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnallariga qayd etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may kuni nishonlanishi belgilandi. Davlat rahbarining alohida farmoni bilan 14-15 may kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilandi va o‘zbekistonliklar hayit bayramida jami 4 kun dam oladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing