“Hayotim o‘zim uchun aziz”. Tibbiyot xodimlari ishdan bo‘shashni boshladi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab shifokor, hamshira va boshqa tibbiyot xodimlarining pandemiya mas’uliyati va xavfiga bardosh berish qiyinligi va vazifalar og‘irligidan shikoyat qilgan videomurojaatlar soni ko‘payib bormoqda.

AQSHda yashovchi Melissa Tomas Skottga uni koronavirus bilan og‘rigan bemorlar bo‘limiga o‘tkazishgani haqida aytishganida, u o‘sha kuniyoq ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Ayol o‘z xatti-harakatini to‘rt farzandi borligi va besh yil oldin saratondan mo‘’jizaviy ravishda tirik qolganligi hamda bu haqda uning boshliqlari xabardorligi bilan izohladi.

Melissa COVID-19 bilan kasallanganlarga chin yurakdan qayg‘ursa-da, biroq o‘z oilasi va qiyinchilik bilan saqlab qolgan hayoti u uchun aziz ekanligini e’tirof etdi.

Yana bir jabrdiyda barcha tibbiyot xodimlari qarindoshlari va yaqinlaridan izolyatsiya qilingani, o‘zgalarni himoya qilish uchun o‘z jonlarini xatarga qo‘yayotganini ko‘zida yosh bilan gapirib bergan.

Britaniyalik Shirli Vattts shifokorlar ishi va hayotini og‘irlashtirmaslik uchun barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘ragan.

Afroamerikalik feldsher ayol eng og‘ir ruhiy bosim jarayoni haqida gapirib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar o‘nlab odamlarni oxirgi yo‘lga kuzatmoqda va bu holatda ular marhumning so‘nggi umidi, do‘sti bo‘lib qolmoqda.

Eronlik bir erkak shifokor tana harorati tushmayotgani, turli dori vositalarini qabul qilayotganiga qaramay, ahvoli o‘nglanmayotgani haqida videoyozuv qoldirdi. Ammo oradan bir necha kun o‘tib, u COVID-19 dan vafot etdi.

Avvalroq, koronavirus pandemiyasi sabab yer yuzida deyarli olti million hamshira yetishmayotgani haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’ruzasi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot xodimlari

Baholaganlar

2202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing