Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
14 mart
3963Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, noqonuniy yo‘llar bilan haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda "A.A." MCHJ va “Ya.M.” xususiy avtomaktabi o‘rgatuvchilari 2 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 800 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qolaversa, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga go‘yoki Beruniy tumani YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.R. fuqaro G.T.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga hokimiyat va kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi