Haydovchi YPX xodimiga achchiq qilib, avtomobilini yoqib yubordi (video)

Jamiyat

Shirakayf haydovchi YPX xodimiga qo‘l ko‘tardi (video) north_east

Shirakayf haydovchi YPX xodimiga qo‘l ko‘tardi (video)

Joriy yilning 2 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining yo‘l-patrul xizmati xodimiga achchiq qilgan holda o‘ziga tegishli Matiz avtomobilini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Xo‘sh, ushbu voqea qanday sodir bo‘lgandi? Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi masalaga oydinlik kiritdi. 

Hodisa Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani Samarqand ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur ko‘chada xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimi 3.27 – to‘xtash taqiqlanadi yo‘l belgisiga bo‘ysunmasdan, avtomobilini yo‘lning qatnov qismida qoldirib ketgan haydovchidan qoidaga binoan hujjatlarini taqdim etishini so‘raydi. Haydovchi esa yo‘l-patrul xizmati xodimiga faol qarshilik ko‘rsatadi. 

Ushbu chigal holatni yechishda joriy yilning 1 yanvaridan qo‘llanilishini boshlangan yo‘l-patrul xizmati xodimining bodi-kamerasidagi tasvirlar as qotgan. 

Haydovchi yo‘l-patrul xizmatiga bayram ekani, shu bois hujjatlari yo‘qligini aytib, qo‘yib yuborishini so‘ragan. Shundan so‘ng u odamlar ko‘z o‘ngida avtomobilining kapotini ochib, unga o‘t qo‘yadi. 

Ayni vaqtda esa yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘z vazifani bajarib, boshqa mashinalarni xavfsiz hududga yo‘naltiradi va yong‘in xavfsizligi xodimlariga xabar beradi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari alangani bartaraf qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan ayni vaqtda Yangiyo‘l tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YPX Yong'in Yangiyo'l tumani

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing