Shirakayf haydovchi YPX xodimiga qo‘l ko‘tardi (video)

Jamiyat

Mast holatdagi haydovchi spirtli ichimlik ichgani ayon bo‘lgach, yo‘l-patrul xizmati xodimini urdi. Xodim tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi. 

Voqea 2019 yilning 31 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Soat 23:00 larda Jizzax shahar Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori katta tezlikda harakatlanayotgan Jizzax shahrida yashovchi 1988 yilga tug‘ilgan  fuqaro boshqaruvidagi Captiva avtomobilini to‘xtatgan. Haydovchining avtomobilni mast holda boshqarayotganini gumon qilib, uni narkologiya dispanseriga olib borgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida haydovchining mastligi tasdiqlangan. 

Shunday so‘ng yo‘l-patrul xizmati inspektori haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda haydovchi inspektorga faol qarshilik ko‘rsatib, haqoratlab, so‘kib, xodimning yuziga musht tushirgan. 

Natijada yo‘l-patrul xizmati inspektoriga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Avtomobil esa vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchi ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing