Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxlab qolgan. Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi va old o‘rindiqda bo‘lgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

“Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Sirdaryo viloyatida haydovchi rulda uxlab qolgani oqibatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haydovchi mashina rul uxlab qolish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing