Haydar Aliyev Islom Karimov haqida nima degan edi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ikki qardosh xalqni til, din, mushtarak madaniyat va urf-odatlar bog‘lab turadi. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev bilan munosabatlari ham yaxshi bo‘lgani haqida manbalar mavjud. Rasmiy uchrashuvlarda esa ular bir-birini tarjimonsiz tushungani qayd etiladi. Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi Ozarbayjonning marhum Prezidenti Haydar Aliyevning Islom Karimov haqida aytgan fikrlarini e’lon qildi. 

Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti:

— Mashhur “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi” butun bir halqni ta’qib qilish va uning genotsididan boshqa narsa emas edi. Men, politbyuro a’zosi sifatida, tor doirada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashganman. Gorbachyov ko‘p hollarda O‘zbekistonda yangi aniqlangan poraxo‘rlik va korrupsiya misollarini keltirib o‘tib, “aybdorlar”ning ismini aytardi. Markazqo‘mning kotibi Yegor Ligachyov esa O‘zbekiston SSRdagi rayon, shahar va viloyatlar rahbarlari lavozimiga tavsiya etiluvchi Rossiyaning turli hududlaridan bo‘lgan oddiy rayqo‘m instruktorlari va ispolkom ishchilari ro‘yhatini har gal taqdim etardi. O‘zbekiston mana shunday o‘ta og‘ir ahvolda edi. 

Islom Karimov hali Sovet ittifoqi davridayoq mana shunday adolatsizlikka qarshi tura olib, o‘z jasoratini namoyon etolgan inson bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Haydar Aliev

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing