Havoda yo‘qolgan samolyot suvga qulagan. Dengizdan jasad bo‘laklari topildi

Olam

image

Avvalroq, Indoneziya poytaxti Jakartadan G‘arbiy Kalimantan hududidagi Pontianak shahriga yo‘l olgan “Sriwijaya Air” aviakompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay radarlardan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergandik. 

Mahalliy televideniye ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Jakarta yaqinida suvga qulagan. 

Qayd etilishicha, layner qoldiqlari va yo‘lovchilarning jasadlari suvdan topilgan. 

Indoneziya Qidiruv-qutqaruv agentligi vakili Yusuf Latif Jakartadan parvoz qilgan samolyot bilan aloqa uzilganini tasdiqlagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Indoneziya poytaxtidan jo‘nab ketganidan 4 daqiqa o‘tgach, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Samolyot bortida 59 nafar yo‘lovchi, shu jumladan olti nafar bola bo‘lgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar havoda ikki marta portlash sodir bo‘lganini ko‘rgan. Qutqaruv operatsiyasi davomida suvda samolyot va odam tanasining bo‘laklari topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Indoneziya

Baholaganlar

692

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing