Hatto Fransiya Prezidenti Mbappeni ovutolmadi (Video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Argentina bilan Jahon chempionati final uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan terma jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni ovutishga harakat qildi, ammo bu ishni unchalik uddalay olmadi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.

“Birinchi bo‘limda yutqazdik. Bunday kambeklar futbolda kamdan-kam uchraydigan holat. Ajoyib. Mbappe g‘ayrioddiy ish qildi, ammo butun jamoa o‘yinini e’tirof etish kerak. Mbappe ajoyib futbolchi, lekin u yosh, men unga endigina 24 yoshda ekanligini aytdim. U ushbu jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Killian allaqachon chempion bo‘lgan, endi esa finalga chiqdi. Men ham u kabi afsusdaman. Bu jamoa bizni g‘ururlantirdi, yakunda lotoreyalarda mag‘lub bo‘ldik. Bu sport”, - deydi Makron.

Argentinaga qarshi final bahsida Mbappe xet-trik qayd etdi, ammo fransuzlar yakunda penaltilarda janubiy amerikaliklarga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina o‘z tarixida uchinchi marta mundial g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Makron

Baholaganlar

555

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing