Hasanboy Do‘smatovning profboksdagi navbatdagi jangi belgilandi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, yaqindagina Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan Hasanboy Do‘smatov professional boksda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sifamandla Baleniga qarshi jang qiladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jang Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan turnirda, markaziy maqomda o‘tkaziladi. Do‘smatov - Baleni jangi 10 raund etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, “o‘yinchoq” laqabi bilan tanilgan Baleni faoliyati davomida 21 g‘alaba (8 nokaut), 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan. U shu yilning 4 sentyabr kuni IBO World minimum kamari uchun o‘tkazgan 12 raundlik jangida Mzamo Maxifeniga ochkolar hisobiga ko‘ra yutqazib qo‘ygandi. Hasanboy Do‘smatov esa 5 ta jangining barchasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Osiyo o'yinlari Hasanboy Do'smatov Xanchjou Sifamandla Baleni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made