Hasanboy Do‘smatovga muxlislik qildim – To‘qayev

Sport

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ostonadagi uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiadadagi natijasi bilan tabrikladi. Bu haqda “1bol.kz” xabar berdi.

To‘qayev Mirziyoyevni qutlar ekan, O‘zbekistonning ikki sportchisi ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lganini ta’kidladi.

“Olimpiadadagi muvaffaqiyat bilan tabriklayman! Bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiada chempioni bo‘ldi. Taekvondochilaringiz ham chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Hammamiz muxlislik qildik”, degan To‘qayev.

O‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining taekvondo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli Ulug‘bek Rashidov ketma-ket ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Shuningdek, -51 kg vaznda hal qiluvchi jangga yetib kelgan Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oltin medal uchun jangda mezbonlar bokschisi Bennama Bilolga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made