Hasanboy Do‘smatov nega finalda jangga chiqishdan bosh tortdi?
Sport
−
13 dekabr 2022
22856Ayni kunlarda Toshkent shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda. Ertaga, 14 dekabr kuni turnirning final janglari o‘tkaziladi.
Musobaqada -51 kgda janglarga kirishgan Rio Olimpiadasi chempionati Hasanboy Do‘smatov yarim finalda Farg‘ona vakili Abdumajid Mannopovdan ustun kelib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi, ammo Do‘smatov finalda jang qilishdan bosh tortdi. Sababi finalning ikkinchi ishtirokchisi Hasanboyning ukasi Faryozbek Do‘smatov bo‘ldi.
Hasanboy Do‘smatov nega final jangida ringga chiqmasligiga izoh berdi.
“11 yo 12-marta O‘zbekiston chempionatida qatnashishim. Ukam Faryozbek hali yosh. Uni qo‘llab-quvvatlash, boksdagi keyingi faoliyatiga dalda va ruhiy quvvat bag‘ishlash uchun kumush medal bilan kifoyalanmoqchiman”, deydi Hasanboy.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgandi.
LiveBarchasi