Harris prezidentlik uchun kurashni davom ettirishi mumkin

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris joriy yilgi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay 2028 yilda yana prezidentlik uchun kurashishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Harris o‘z siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida va u bu bo‘yicha yaqinlari hamda yordamchilaridan turli variantlarni o‘rganishni so‘ragan. Bu variantlar orasida 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish yoki 2026 yilda lavozimini tark etishi kutilayotgan Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning o‘rnini egallash mavjud. U oilasi bilan o‘z rejalari haqida qishki ta’til paytida maslahatlashishni mo‘ljallamoqda.

Nashrning yozishicha, Harris siyosiy maydondagi obro‘sini mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, “Echelon Insights”ning so‘rov natijalari agar Harris 2028 yilda prezidentlikka nomzod bo‘lsa, uning qo‘llab-quvvatlash darajasi 41 foizni tashkil etishini ko‘rsatgan. Bu raqam Demokratik partiyadagi boshqa potensial nomzodlar – Gevin Nyusom, Pit Buttijich va boshqalarning reytingidan yuqoriroq. Shu orqali Harris Demokratik partiya ichida muhim rol o‘ynashda davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamola Harris Vashingtondagi Garvard universitetida saylovdagi mag‘lubiyatdan keyin nutq so‘zlagan edi. U nutqida Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilganini aytib, hokimiyatni boshqarish jarayonida unga yordam berishga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

prezidentlik saylovlari Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing