Harris kampaniyasi 5 soat ichida 27,5 mln dollar xayriya yig‘di

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Amerika yetakchisi Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etganidan keyin besh soat ichida 27,5 million dollar xayriya yig‘di. Bu haqda demokratlar uchun mablag‘ yig‘uvchi ActBlue platformasi bayonotida aytiladi.

ActBlue’ning X sahifasidagi postga ko‘ra, besh soat ichida Harrisning kampaniyasiga kichik xayriyalar 27,5 million dollarni tashkil etgan.

“Politico”ning yozishicha, Baydenning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qilingan, iyun oyi oxiriga kelib taxminan 95 million dollarni tashkil etgan pullar amaldagi yetakchi poygadan chiqqanidan keyin Harrisning saylovoldi kampaniyasini o‘tkazish uchun sarflanadi.

“The Washington Examiner”ning xabar qilishicha, agar Demokratlar partiyasidan Harrisdan boshqa siyosatchi nomzod bo‘lsa, mablag‘lar donorlarga qaytarilishi kerak.

“Politico” ta’kidlashicha, kecha, 21 iyul kuni kechqurun Harrisning prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatilishi kamida 26 AQSH demokrat senatori va AQSH Vakillar palatasining 72 a’zosi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bundan tashqari, Amerika shtatlarining ko‘plab gubernatorlari Harrisni qo‘llab-quvvatladilar, jumladan Nyu-Jersi, Nyu-York, Kaliforniya, Michigan va Pensilvaniya.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratlar partiyasini 19-22 avgust kunlari Chikagoda (Illinoys shtati) bo‘lib o‘tadigan milliy qurultoyida nomzodi tasdiqlanishi kutilayotgan Bayden vakil bo‘lishi taxmin qilingan edi. Biroq, Baydenning 27 iyun kuni respublikachi Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan saylovoldi teledebatidagi halokatli chiqishidan so‘ng AQSHda, shu jumladan Demokratlar lagerida Amerika yetakchisini o‘z hokimiyatini saqlab qolishga bo‘lgan keyingi urinishlardan voz kechishga chaqirishlar kuchaydi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 iyul kuni Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanini e’lon qilib, Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing