Harri Keyn “Bavariya”ga o‘tishga yaqin turibdi 

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi Harri Keyn bo‘yicha “Tottenxyem” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi

Qayd etilishicha, kecha, 9 avgust kuni “Bavariya” Angliya klubi bilan Harri Keyn masalasi bo‘yicha kelishib olgan va endi faqat  futbolchini ko‘ndirish qolmoqda. Mazkur kelishuv summasi 100 million yevro (86,4 million funt sterling yoki 110 million dollar)dan ko‘proq qiymatga ega. 

Biroq 30 yoshli futbolchi “shporlar”ning yangi bosh murabbiyi Angelos Postekoglu qo‘l ostida o‘zini yaxshi his qilmoqda va amaldagi shartnomasi tugagunicha Angliyada qolishni istaydi. Uning “Tottenxyem” bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida o‘z yakuniga yetadi. 

Ma’lumot uchun, Harri o‘tgan mavsumda APLda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Harri Keyn transferi bo‘yicha zimdan harakat boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenhem Bavariya Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing