Harbiy qism qorovuli boshlig‘ini otib o‘ldirib qo‘ydi

Olam

image

Kecha, 15 mart kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi 21742-sonli harbiy qismning texnik hududi qorvuli otgan o‘q tasodifan boshlig‘iga tegib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Hronika” xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 19:35 da qorovulning uchinchi postida idoraviy qo‘riqlash xodimi otuvchi J.A. tasodifan 7,62 mm kalibrli SKS karabinidan o‘q uzgan. O‘q qorovul boshlig‘i B.J. ga tegib ketgan.

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda Gvardeyskiy posyolkasidagi harbiy gospitalga yetkazilgan. Biroq, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, 20:18 da uning vafot etgani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, hodisa ishtirokchilarining ikkalasi ham harbiy xizmatchilar emas, balki Mudofaa vazirligi idoraviy qo‘riqlash xizmatining fuqarolik, ya’ni erkin yollanma xodimlari bo‘lgan.

Hozirda, hodisa yuzasidan barcha holatlar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 mart kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi huzuridagi sud ijrochilari xizmati rahbar o‘rinbosari Kubanichbek Kapalov o‘zini otib o‘ldirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Harbiy qism o'ldirib qo'ydi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing