“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi

Sport

image

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish bo‘yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 21 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, ushbu dastur doirasida:

  • mahallalardagi bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari (yer uchastkalari) – ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini o‘zgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
  • elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga xarid qilingan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi;
  • elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin ko‘pi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish to‘lovlarini uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan savdolarga chiqariladi.

Davlat mulki ob’ekti bo‘lgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini o‘zgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qaror bilan 2026 yil 1 martdan boshlab futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid kilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

mahalla futbol maydoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing