Hamzat Chimayev chempionlik jangida oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi
Sport
−
14 may
3472O‘rta vazn toifasi UFC jangchisi dog‘istonlik Hamzat Chimayev divizion chempioni Drikus Dyu Plessiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Chimayev va Dyu Plessi o‘rtasidagi to‘qnashuv 2025 yilning 16 avgustida bo‘lib o‘tadigan UFC 319 turniri markaziy jangida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Chimayev so‘nggi jangini 2024 yil oktyabr oyida Robert Uittakerga qarshi o‘tkazib, og‘ritish uslubi orqali g‘alaba qozongan edi.
Dyu Plessi esa 2025 yilning fevral oyida Shon Striklendga qarshi oktagonga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi