Hamzat Chimayev Chechenistonda “Yilning eng yaxshi sportchisi” bo‘ldi (video)
Sport
−
23 dekabr 938 1 daqiqa
Kecha, 22 dekabr kuni Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniyda “Ondalla–2025” Milliy sport mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda UFC o‘rta vazn toifasidagi chempioni Hamzat Chimayev “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topildi. Bu haqda Red Corner MMA nashri xabar berdi.
Marosimda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov, respublika hukumati raisi Magomed Daudov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Ahmad Qodirov hamda boshqa yuqori lavozimli amaldorlar qatnashdi.
Tadbirning asosiy mukofoti “Yilning eng yaxshi sportchisi” unvoni UFC jangchisi Hamzat Chimayevga topshirildi. Mukofotni g‘olibga shaxsan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov taqdim etdi.
Bundan tashqari, erkin kurash bo‘yicha Olimpiada chempioni Razambek Jamalov Chechenistonning 2025 yildagi “Sport iftixori” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.