Hammomda yiqilib tushgan Braziliya Prezidenti reanimatsiyaga yotqizildi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva bugun, 10 dekabr kuni miyaga qon quyilishi bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi. Bu haqda Prezidentning sog‘lig‘i bilan shug‘ullanuvchi shifokorlar jamoasi ma’lum qildi.

San-Pauludagi shifokorlari tomonidan e’lon qilingan tibbiy ma’lumotga ko‘ra, Prezident Lula 9 dekabr kuni kraniotomiyadan o‘tkazilgan.

Lulaning operatsiyasi oktyabr oyida uyida yiqilib tushishi bilan bog‘liq edi.

Cirio Libanes kasalxonasining xabar berishicha, kraniotomiya asoratsiz o‘tgan, davlat rahbari o‘zini yaxshi his qilmoqda. Davlat rahbari ayni paytda reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga borishi kerak edi, ammo u parvozini bekor qilgandi. Braziliyadagi Cirio Libanes shifoxonasi tomonidan e’lon qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, siyosatchiga uzoq masofalarga havo qatnovidan qochish tavsiya etilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

operatsiya Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing