“Hammasi nazoratga olingan”. Lukashenko ovoz berdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 9 avgust kuni Belarus tarixida oltinchi bor prezidentlik saylovi o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko ham ovoz berdi. 

26 yildan beri mamlakat boshida bo‘lib kelayotgan Lukashenko bu safar ham navbatdagi muddat uchun maydonga kirgan. Unga ikki ayol, ikki erkak nomzodlar raqiblik qilmoqda. 

Lukashenko an’anaga ko‘ra, Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetida joylashgan saylov uchastkasida ovoz bergan. 

U saylov qutisiga ovoz varaqasini tashlagach, jurnalistlar bilan muloqot qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezident saylovidagi vaziyat nazorat ostiga olingan. 

“Hech narsa nazoratdan chiqmaydi. Men bunga kafolat beraman. Bu nafaqat Prezidentning, balki amaldagi Hukumatning ham vazifasi”, deydi Prezident Lukashenko. 

Uning qayd etishicha, saylovdan keyin Belarus Respublikasi tartibsizlik va fuqarolar urushi maydoniga aylanmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tgan besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib bormoqda. Bular – Aleksandr Lukashenko (amaldagi Prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Haqiqatni ayt” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (ro‘yxatdan o‘tishda rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing