Hamma o‘zbek MMA'sining ustidan kulyapti – Nursulton Ro‘ziboyev (video)
Sport
−
27 dekabr 2024
19741O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev oxirgi vaqtlarida ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekzabon foydalanuvchilarning bir-biriga chaqiruv tashlab, katta ligalardan jang so‘rayotganidan norozi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlardagilar jiddiy sport turini masxarabozlikka aylantirib yubordi. Bir-biriga “vizov” tashlamasdan, hadeb shou qilavermasdan ham katta ligalarda jang qilsa bo‘ladi. MMA bu o‘yin emas. Men hozir O‘zbekistonda emasman, qaytganimdan keyin hamma “vizov”chilarni bir joyga to‘plab, tushuntirish ishlarini olib boraman. Ikki o‘zbekistonlik internetda bir-biriga chaqiruv tashlab, jang qilmoqchi bo‘lishi sharmandalikdan boshqa hech narsa emas. Bittasiyam to‘g‘ri zarba berishni bilmaydi. Bunaqa masxarabozlar jiddiy turnirlarda emas, balki pop MMA'da jang qilishi kerak”, deydi Ro‘ziboyev.
Qayd etish joiz, oxirgi vaqtlarda ayniqsa, Instagram segmentida o‘zbekistonlik blogerlar, “sportchilar” o‘rtasida tortishuvlar, bir-biriga jang qilish bo‘yicha chaqiruv tashlash holatlari ko‘payib qoldi. Ro‘ziboyev esa aynan mana shunday holatlardan jahli chiqqanini bildirib, bir-ikki marta zalga chiqqan-chiqmagani aniq bo‘lmagan tarmoq foydalanuvchilari o‘zbek MMA'sini butun dunyoga sharmanda qilayotganini aytdi.
LiveBarchasi