“Hamma narsa bo‘lishi mumkin”. Tramp AQSH va Eron o‘rtasida urush bo‘lishini istisno qilmadi
Olam
−
12 dekabr
874AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush ehtimoli haqida gapirib, bu borada hamma narsa sodir bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u “Time” jurnaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Tramp jurnalistning Tehron bilan keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuv ehtimoli haqidagi savoliga javob berib, buning sodir bo‘lishini inkor etmagan. Biroq siyosatchi kelajakda Eron bilan bog‘liq qanday choralar ko‘rilishi haqida aniq ma’lumot bermagan.
“Har qanday hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu juda beqaror vaziyat”, dedi u.
Shuningdek, Tramp Falastin mojarosida tinchlikka erishish uchun zarur bo‘lgan har qanday qarorni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, ammo ikki davlatli yechimga bo‘lgan sodiqligini tasdiqlashdan bosh tortgan.
“Men tinchlikka erishishga yordam beradigan har qanday qarorni qo‘llab-quvvatlayman. Ikki davlatli yechimdan tashqari boshqa g‘oyalar ham mavjud, ammo men tinchlikka emas, balki mustahkam tinchlikka erishish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qo‘llayman. Har besh yilda bir marta fojia bo‘lib turishi mumkin emas. Boshqa muqobillar ham mavjud”, deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Islom Respublikasining strategik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Muhammad Javad Zarif mamlakat hukumati Donald Tramp ma’muriyati bilan muloqot o‘rnatishga tayyorligini bildirgan edi. Eron rasmiysiga ko‘ra, "20 yildan ortiq davom etgan iqtisodiy sanksiyalardan so‘ng, AQSH va uning G‘arbdagi ittifoqchilari Eron ularning bosimiga berilmaganini tan olishlari kerak; majburlash choralari doimiy ravishda teskari natija bergan".