Hamid Sahari yangi ijodiy ishida o‘zbek qo‘shig‘idan foydalandi (video)
Sport
−
09:26
7788Taniqli karikaturachi-rassom Hamid Sahari “Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior “Oltin to‘p” ololmaganidan yig‘lab, olov atrofida o‘tirgani aks etgan animatsion karikatura chiqardi.
E’tiborlisi, karikaturada Juniorning jamoadoshi Eduardo Kamavinga gitara chalib, qo‘shiq aytayotgani tasvirlangan va mazkur ijodiy ishni yaratishda Sahari o‘zbekistonlik xonanda Doston Ergashevning “Ko‘zmunchog‘im” qo‘shig‘idan foydalangan.
“Assalomu alaykum. Biz o‘zbekistonlik futbol muxlislari sizning ijodiy ishlaringizni katta qiziqish bilan kuzatamiz. Katta rahmat, siz tufayli yanada mashhur bo‘ldim” , deb yozgan Ergashev Sahari videosi ostida.
“Ajoyib san’atingizdan hammani bahramand qilganingiz uchun sizga rahmat”, deb javob qildi Sahari.
Eslatib o‘tamiz, 10 kun avval Sahari Qatar-O‘zbekiston o‘yini haqida karikaturasini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi