Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

HAMAS Ramazon hayiti munosabati bilan garovdagi isroilliklarni ozod qilishi mumkin

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati Ramazon hayiti munosabati bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun bir nechta garovga olinganlarni ozod qilishi mumkin. Bu haqda Isroilning KAN telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma’lum qilishicha, HAMAS harakati Ramazon hayiti bayrami paytida o‘t ochishni to‘xtatish evaziga bir qancha garovga olinganlarni, jumladan, Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan isroillik askar Idan Aleksandrni ozod qilishga tayyor. Buning evaziga guruh Isroildan Ramazon hayitini nishonlash vaqtida vaqtinchalik sulh tuzishni talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, bir necha kunlik o‘t ochishni to‘xtatish guruhga shu hafta G‘azo sektorida HAMAS boshqaruviga qarshi uyushtirilgan norozilik namoyishlarini bostirish uchun zarur.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi 19 yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng, 18 mart kuni ertalab blokadadagi G‘azo sektoriga intensiv hujumlarni davom ettirdi. 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 mingdan oshdi, yaradorlar soni esa 113 ming 274 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlarning barchasini ozod qilishga erishmaguncha, G‘azodagi operatsiyani davom ettirishi haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon hayiti HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing