HAMAS Isroil kuchlarini tuzoqqa tushirganini ma’lum qildi

Olam

image

HAMAS G‘azo sektorida Isroil maxsus kuchlari otryadi yo‘nalishidagi tunnelni portlatib yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda tuzilmaning ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan harbiy kommyunikesida aytilgandi.

“Hajr-ed-Dik hududida askarlarimiz tunnelni minaladi va unga dushman maxsus kuchlari otryadi yaqinlashganda portlovchi moslamani ishga tushirdi. Tunnel portlatilganidan so‘ng ishg‘olchi kuchlarga minomyotdan o‘q uzildi, natijada dushman yo‘qotishlarga duch keldi”, deyiladi matnda.

Kommyunikeda ta’kidlanishicha, anklav shimolidagi Jabaliyada yana bir tuzoq o‘rnatilgan bo‘lib, bu yerda qo‘poruvchilik operatsiyasi davomida og‘irligi ikki tonna bo‘lgan portlamay qolgan Isroil raketalaridan foydalanilgan. 

“Natijada zirhli texnikalar karvonida G‘azoning markaziy hududlariga yo‘l olgan beshta tank yo‘q qilindi”, deyiladi matnda.

Shuningdek, G‘azo janubidagi Rafahda HAMAS yirik kalibrli minomyotlardan Isroil mexanizatsiyalashgan patruliga qarata o‘t ochgani, natijada bir necha askar halok bo‘lgani va yaralangani ma’lum qilingan.

Isroil harbiy-havo kuchlari esa ertalab HAMAS tayanch punktlaridan biri joylashgan Nuseyrat qochqinlar lageriga hujum qilgan. “Al Hadath” telekanalining xabar berishicha, havo hujumi qurbonlari soni 20 kishidan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Mudofaa kuchlari HAMAS joylashgan tunnel majmuasiga dengiz suvini quya boshlagani xabar qilingandi. Keyinchalik Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahri markazida HAMAS yetakchilari foydalanadigan keng tunnel tizimini topganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made