HAMAS Isroil bilan mahbuslar almashinuvini keyinga qoldirdi

Olam

image

Joriy hafta oxirida Isroil va HAMAS o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mahbuslar almashinuvi Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun keyinga surildi. Bu haqda HAMASning harbiy qanoti “Izzad-Din al-Qassam” brigadasi voizi Abu Ubeyda bayonot berdi.

Uning aytishicha, 15 fevralga belgilangan mahbuslar almashinuvi Isroil o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha va o‘tgan haftalar uchun retroaktiv tovon to‘lamaguncha noma’lum muddatga qoldirilgan.

Abu Ubaydaning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil sulh bitimi bandlariga amal qilsa, Falastin tomoni kelishuvlarga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan.

25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi. 1 fevral kuni HAMAS garovdagi 3 nafar isroillikni, Isroil esa 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. 8 fevralda HAMAS uch nafar garovga olingan isroillikni, Isroil esa 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing