HAMAS iqtisodiyot vaziri o‘ldirildi – SAXAL
Olam
−
10 Oktabr 2023
11660Isroil Mudofaa qo‘shini (SAXAL) HAMAS iqtisodiyot vaziri Javod Abu Shamalning o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda SAXAL X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, vazir Isroil aviaqo‘shinlarining havo zarbalari vaqtida o‘ldirilgan.
“U tashkilot (HAMAS) moliyasini boshqargan hamda G‘azo sektori ichida va tashqarisida terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish uchun mablag‘ ajratgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil-Falastin o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida gapirgan edi.