HAMAS garovdagilarni ozod qilishni boshladi (video)
Olam
−
13 Oktabr 2025 5881 1 daqiqa
HAMAS harakati Isroil bilan tinchlik bitimining birinchi bosqichi doirasida G‘azo sektorida ikki yil davomida garovda ushlab turilgan yetti nafar isroillikni ozod qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ozod etilganlar orasida Alon Ohel, Matan Angrest, Eytan Mor, Gali va Ziv Bermanlar, Omri Miran hamda Gay Gilboa-Dalal bor.
Garovdagilarni ozod etish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi va mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da yakunlanishi kutilmoqda. Ular avval Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshiriladi, so‘ngra harbiy baza orqali tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bitimga ko‘ra, Isroil ham o‘z navbatida qariyb ikki ming falastinlik mahbusni ozod qiladi. Ularning aksariyati G‘azoga yoki qo‘shni mamlakatlarga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va HAMAS harakati G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha tinchlik rejasi birinchi bosqichini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishgan edi. Ushbu bosqich doirasida HAMAS isroillik garovdagilarni ozod qiladi, Isroil esa o‘z qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqacha orqaga tortadi va yuzlab falastinlik mahbuslarni, jumladan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ham ozod qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025