HAMAS Isroilga topshiriladigan asirlar ro‘yxatini e’lon qildi
Olam
−
13 Oktabr 2025 3027 2 daqiqa
HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv doirasida ozod etilishi rejalashtirilgan garovdagi 20 nafar isroillikning ismini e’lon qildi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu ro‘yxat Isroil tomoni ilgari muzokaralar chog‘ida olgan ro‘yxat bilan bir xil.
Ozod etilishi kutilayotganlar orasida donbasslik Maksim Xarkin ham bor. U Rossiya fuqarosining o‘g‘li. 2023 yilning 7 oktyabr kuni HAMAS Isroil janubiga hujum boshlaganida, u onasiga “hammasi joyida, lekin uyga qaytish uchun vaqt kerak bo‘ladi” deb yozgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning bahorida HAMAS bilan uni ozod etish masalasini muhokama qilgan.
Ro‘yxatda, shuningdek, Bar Kupershteyn, Evyatar David, Yosef-Xaim Ohana, Segev Kalfon, Avinatan Or, Elkana Boxbot, Nimrod Koen, Matan Zangaoker, David Kunio, Eytan Xorn, Matan Angrest, Eytan Mor, Gali Berman, Ziv Berman, Omri Miran, Alon Oxel, Gai Gilboa-Dalal, Rom Braslavski va Ariyel Kunyo kabi shaxslarning ismlari keltirilgan.
Nashrning yozishicha, ro‘yxatda Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) askari Tamir Nimrodi va Nepal fuqarosi Bipin Joshi yo‘q. Yaqinda Joshining ota-onasiga uning tirikligini tasdiqlovchi video yuborilgan.
Garovdagilarni ozod qilish jarayoni bugun, 13 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Isroil armiyasi bu jarayon ikki bosqichda amalga oshirilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 10 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasi doirasida kuchga kirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025