HAMAS garovdagi ayollar va bolalarni ozod qilish bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor – WSJ
Olam
−
24 yanvar
3305HAMAS G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qilishni boshlashga tayyor. Bu haqda Misr rasmiylariga tayanib “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Ularga ko‘ra, HAMAS jangovar harakatlardagi sezilarli pauza evaziga garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishi mumkin.
WSJ’ning yozishicha, bu tashabbus HAMAS pozitsiyasidagi sezilarli o‘zgarishlarni bildiradi.
“Harakat bir necha hafta davomida garovga olinganlarni faqat anklavdagi mojaroga barham beradigan keng qamrovli kelishuvdan so‘ng ozod qilishini ta’kidlab kelayotgandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning G‘azo sektorida janglarni to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni qaytarish haqidagi taklifiga rozi bo‘lmagandi. Shundan so‘ng Isroil HAMASga G‘azo sektorida garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish evaziga ikki oylik sulh taklif qildi. “Associated Press”ning misrlik yuqori martabali amaldorga tayanib, yozishicha, HAMAS ham Isroilning taklifini rad etgan.
LiveBarchasi