“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamiz – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda korrupsiya holatlari bo‘yicha “dastlabki o‘rganish” – korrupsion surishtiruv instituti joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahridagi Kongress markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida aytib o‘tdi. 

Ushbu marosimda  Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qancha takliflarni ilgari surgan. Jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etgan holda, o‘zaro tajriba almashish va muloqotlarni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilingan.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xorijiy turdosh muassasalar bilan yaqin hamkorligi kuchaytirilib, uning salohiyati yanada oshiriladi. Eng ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan yangi mexanizmlar tatbiq qilinadi, jumladan, korrupsiya holatlari bo‘yicha “dastlabki o‘rganish” – korrupsion surishtiruv instituti joriy etiladi.

Bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifa sifatida qayd etilib, BMTning Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi dasturini O‘zbekistonda keng joriy etish rejalashtirilgani aytib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Halollik vaktsinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing