Hakamlar haqida gapirishni istamayman – Nigina O‘ktamova

Sport

image

Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari qiziqarli davom etmoqda. Ushbu bosqichda ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschi Nigina O‘ktamova hindistonlik Jasminga qarshi kurashib, ochkolar evaziga (2:3) raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa O‘ktamova bronza medali bilan kifoyalandi.

QALAMPIR.UZ bokschi bilan bog‘lanib, uning musobaqa haqida fikrlariga qiziqdi.

“Turnir har doimgidan-da juda yaxshi o‘tmoqda, har bir vazn toifasida Osiyoning eng yaxshi bokschilari, Olimpiada va Jahon chempionlari qatnashmoqda. Hakamlik haqida esa gapirishni istamayman”, deydi O‘ktamova.

Shuningdek, bugun, 7 aprel kuni yarim final doirasida ringga chiqqan Abdurahmon Mahmudjonov qozog‘istonlik Orazbek Assilkulovga (2:3) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. -75 kg vazn toifasida Javohir Abdurahimov, -80 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev va -85 kg vazn toifasida kurashgan Jasurbek Yo‘ldoshev raqiblaridan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hakamlar Nigina O'ktamova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing