Nigina O‘ktamova Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Nigina O‘ktamova Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari medalini naqd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Shukurovning ma’lum qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni o‘yinlarning boks dasturida -54 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan O‘ktamova shiddatli ruhda kechgan chorak final jangida yaponiyalik Rinka Kinoshitadan ustun kelgan. Dastlabki raundni qo‘ldan boy bergan o‘zbekistonlik sportchi qolgan ikki raundni o‘z foydasiga hal qilgan holda musobaqa yarim finaliga chiqqan. 

Ahamiyatlisi Nigina ushbu g‘alabasi orqali joriy yilda Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Halokov chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Saralashning ikkinchi bosqichida vetnamlik Duong Nguyen bilan jang qilgan Halokov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi Karlo Palam (Filippin) bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, birozdan so‘ng -71 kilogramm vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenovga, +92 kilogrammda  Bahodir Jalolov tojikistonlik sportchi Muhammad Abroriddinovga qarshi ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Boks Parij-2024 Xanchjou Nigina O'ktamova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing