Aziz Haydarovning hakamlar sotilgani haqidagi audiosi tarqaldi

Sport

Kelishilgan o‘yinlar, jinoiy javobgarlik va namanganliklarning e’tirozi haqida Ravshan Ermatov bilan suhbat  north_east

Kelishilgan o‘yinlar, jinoiy javobgarlik va namanganliklarning e’tirozi haqida Ravshan Ermatov bilan suhbat 

Joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston superligasi 1-tur uchrashuvlariga start berildi. Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o‘z uyida Namanganning "Navbahor" klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdan so‘ng, namanganlik futbol muxlislari o‘yinda qayd etilgan natijadan g‘azablanishdi va Aziz Haydarov bilan ochiqchasiga suhbat o‘tkazishdi. Ushbu suhbat jarayonida yozib olingan audio ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Audioda Haydarov shunday degan: 

"Qur’adan oldin shunday masalalar bo‘ldi ularda. Repetititsiya qilib olinglar deyildi. Adashib qolmanglar deyildi. Mana bu yerda, “Paxtakor” uyida o‘ynasa, “Bunyodkor” safarda o‘ynashi kerak. Bittasi bu yerda o‘ynasa, bitta u yerda o‘ynashi kerak, deb turib, o‘zi ikkilanib, o‘zi yanglishib qoldi. 

Aka, agarda men o‘sha yerda bo‘lmaganimda, men aytib turibman, bu yerga mana bu, u yerga mana bu deb, raqamini aytib turganman. Ular “anqayib” yurishibdi. U yerda “chisti nedorabotannыy” ish. 

Aka, bu Diyorjonning raqami, mana shuni yozib oling. Diyor, deb yozdim mana shu chiqdi, boshqa raqami yo‘q. Haligi aka qanilar, ular bilan gaplashay. 

Meni hayolimda “Paxtakor”ga “Bunyodkor” tushdi, demak 1-turda “Paxtakor” “Bunyodkor” o‘yini bo‘ladi, deb gapirmoqchi edim, tap etib o‘zgarib ketdi. O‘sha vaziyatni barchamiz ko‘rdik. O‘sha “situatsiyada” xato bo‘lganini o‘zinglar ham ko‘rdinglar. 

Aka, mana bunaqa narsada. Komandanglar zo‘r o‘ynadi. Agarda komandanglar yomon o‘ynab bir nima bo‘lganida boshqa gap edi. Birinchi bo‘limdan so‘ng, u yerdan turib chiqib ketdim. 

Lekin aka, men bir narsani bilaman. Men har doim haq gapni gapirganman. 

Sizlarga og‘ir botsa ham aytaman. Ilhom Mo‘minjonov ishlagan paytda, har bir uy uchrashuvlariga 150 million so‘m to‘langan. Shuni sizlar bilasizlarmi? Shu narsa haqiqat. Bilib olinglar, Ilhom Mo‘minjonov mana shuning uchun Namangandan ketib, “Surxon”da ham hozir ishlay olmayapti. Aynan mana shu narsa uchun. 

Bitta narsa, mana shu bor narsa. Har bir o‘yin uchun 150 million so‘m  “sudyaga” berilgan. Siz buni tasavvur qilyapsizmi? Bolalardan yig‘ilgan bu pullar. Bekorga anavi futbolchilr Ilhom Mo‘minjonov bilan urshib ketishgani yo‘q. Bularning barchasi bekorga emas. 

Hammasi mana shu narsa uchun bo‘lgan. Bizning O‘zbekistonda bu kasallik bir joyda emas. Men o‘zim ham 3 marotaba chempion bo‘lib, 3 marotaba kubokni yutgan bo‘lgan bo‘lsam, hech qayerda bu kuboklarni men yutganman demayman. Buni mening boshliqlarim yutgan”.

Biz mazkur audioyozuv yuzasidan izoh olish maqsadida bir necha bor Aziz Haydarovga bog‘lanishga harakat qildik. Biroq, uni topishning imkoni bo‘lmadi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Paxtakor O'FA Korruptsiya Navbahor O'zPFL Hakamlar O'zbek futboli Aziz Haydarov

Baholaganlar

296

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing