“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvini boshqargan hakam superliga o‘yinlaridan chetlatildi

Sport

image

Joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston superligasi 1-turida “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Ilgiz Tantashev ko‘p vaziyatlarda tushunarsiz qarorlar qabul qilgani uchun namanganlik muxlislar norozilik bildirishdi.

Bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yindan so‘ng, “Navbahor” jamoasi muxlislari “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvdagi hakamlik borasida O‘FA va O‘zPFLga norozilik xati yo‘lladi.

Shundan so‘ng, bugun 2 mart kuni O‘FA majlislar zalida hakamlik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda superliganing barcha hakamlari va OAV xodimlari qatnashdi. 

Hakamlar qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston superligasining 1-turida bahs munozaralarga sabab bo‘lgan, “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga e’tibor qaratildi. “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqargan Ilgiz Tantashev masalasi O‘FA hakamlik qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va u 1 oyga superliga o‘yinlaridan chetlatildi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda “sherlar” 2:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Paxtakor O'FA Ravshan Ermatov Superliga Navbahor Hakamlar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing