Haqoratlangan Vinisius yig‘lab yubordi (video)

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 35-turi doirasidagi o‘yinda “Valensiya” muxlislari uni haqorat qilganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Bu haqda “Madrid Xtra” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Valensiya” muxlislari hujumchiga “Vinisius, o‘l” deb baqirgan. Shundan so‘ng braziliyalik yig‘lay boshlagan.

Shuningdek, o‘yin davomida Vinisius maydondan chetlatildi. Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda “Valensiya” futbolchilari bilan bo‘lgan mushtlashuvda bevosita ishtirok etdi va futbolchi faoliyati davomida birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Aytish joizki, joriy mavsumda braziliyalik futbolchi La Liga o‘yinlarida ko‘p marta irqchilikka duch keldi.

Vinisius “Real”da 2018 yildan beri to‘p suradi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Valensiya” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing