Haftasiga 11 nafar bola O‘rta Yer dengizida halok bo‘ladi – UNICEF

Olam

image

So‘nggi olti oy ichida qariyb 289 nafar bola O‘rta Yer dengizi orqali Shimoliy Afrikadan Yevropaga noqonuniy migratsiya qilish oqibatida cho‘kib vafot etgan.  Bu bo‘yicha UNICEF o‘z hisobotini ma’lum qildi.

Tashkilotga ko‘ra, shu kunga qadar O‘rta Yer dengizida halokatga uchragan kema-qayiqlardagi odamlarning tirik qolishi bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. 2018 yildan buyon 1500 nafarga yaqin bola dengizni kesib o‘tishga urinayotganda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Umumiy olganda, so‘nggi oylarda bolalar va chaqaloqlar asosan O‘rta Yer dengizi bo‘ylab G‘arbiy Afrikadan Atlantikaga, Gretsiya va Ispaniyaning Kanar orollari sohillaridagi yo‘nalishlarda fojiali o‘lim topadi.

UNICEF hisob-kitoblariga ko‘ra,2023 yil yanvaridan beri Shimoliy Afrikadan Italiya qirg‘oqlariga 11 600 nafar, haftasiga o‘rtacha 428 nafar bola kelgan. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan ikki baravar yuqori. Bolalarning aksariyati Afrika va yaqin Sharq bo‘ylab xavfli sayohatlarni amalga oshirib, Liviya va Tunisdan jo‘nab ketadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokashdan Kanar orollariga yo‘l olgan muhojirlar qayig‘ining cho‘kishi oqibatida 51 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, Senegaldan Ispaniyaning Kanar orollari yaqinidagi dengizda kamida 300 nafar muhojir bedarak yo‘qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF O'rta Er dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing