Hafta oxirida yilning eng issiq dam olish kunlari bo‘lishi mumkin

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 48 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 42-45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 46-48 darajagacha isiydi.

Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun, 17 iyul kunduzgi havo harorati 41-43 daraja, shanba va yakshanba kunlari 43-45 daraja, kechalari esa harorat 25-28 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet bugun, 17 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing