Ichki ishlardan o‘ligi chiqqan Hafizulloh voqeasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
10 iyun 2023
25362Toshkent shahrida tergov qilinayotgan paytida IIB binosining 4 qavatidan tashlab vafot etgan 21 yoshli Hafizulloh Turg‘unboyev ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, yigitning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi (hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Chilonzor tumani IIO FMBga olib kelingan 21 yoshli Hafizulloh Turg‘unboyev shu yilning 22 may kuni vafot etgandi. Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, yigit tergovdan qochish maqsadida binoning 4-qavatida joylashgan hojatxona derazasidan pastga sakrab, vafot etgan. Holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.
Keyinchalik marhumning o‘limi bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi voqea tafsilotlari videosini e’lon qildi. Chilonzor tumani IIO FMBga olib borilgan Hafizullohning davlat advokati bilan qisqa muddatli suhbati kadrlarda aks etgan. Biroq voqeaning qolgan qismida, uning tergov qilinish jarayoni, hojatxonaga kirishni so‘ragan va bino ichida harakatlangani tasvirlari ko‘rsatilmagan.
LiveBarchasi