Habibning jang qo‘lqoplari katta summaga sotildi

Sport

image

Ultimate Fighting Championship (UFC) sobiq chempioni Habib Nurmuhammedovning jang qo‘lqoplari Eagles Sports Management bosh direktori Magomed Magomedov tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan kimoshdi savdosida 20 ming AQSH dollariga sotildi. Tushgan mablag‘lar “Tooba” xayriya dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi. Bu haqda xayriya dasturi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yengil vazn toifasida yengilmas UFCC chempioni Habib Nurmuhammedov imzolagan ko‘rgazmali lot 20 ming dollarga sotildi. Xaridor o‘z nomini oshkor qilishni istamagan. Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ “Tooba” xayriya dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi, uning elchisi Habib Nurmuhammedov”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, boshlang‘ich stavka 100 ming rubl ishtirokchilar tomonidan 10 martadan ortiq ko‘tarilgan. Tashkilotchining so‘zlariga ko‘ra, lotni sotib olishda eng katta ishtirokni Rossiya va Turkiya rezidentlari ko‘rsatgan.

Nurmuhammedov faoliyatini 2019 yilda yakunlagandi. Uning hisobida 29 g‘alaba mavjud. Keyinchalik sportchi jangovar loyihalarda, hatto, murabbiy sifatida ishtirok etishni ham to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhammedov Ultimate Fighting Championship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing