Habibning murabbiyi Getjining eng xavfli quroli haqida gapirdi

Sport

image

Rossiyalik Habib Nurmuhamedovning murabbiyi Xaver Mendes amerikalik jangchi Jastin Getjining eng xavfli quroli haqida gapirdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Habib amerikalik sportchining juda kuchli bo‘lgan oyoq zarbalaridan ehtiyot bo‘lish kerak. "Agar u ulardan muvaffaqiyatli foydalansa, bu Habibning harakatchanligi va kurashining samaradorligiga ta’sir qiladi", deya qo‘shimcha qildi Mendes.

Getji yengil vazn bo‘yicha UFC vaqtinchalik chempioni unvoniga ega. May oyida u hamyurti Toni Fergyusonni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Sportchilar o‘rtasidagi jang joriy yilning sentyabr oyida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

Nurmuhamedov vazn toifalarini hisobga olmaganda UFC eng yaxshi jangchilari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. U ikki marta chempionlik kamarini himoya qildi. Rossiyalikning hisobida 28 g‘alaba bor. U bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. 

Getji esa 24 ta jang o‘tkazib, 22 tasida qo‘li baland kelgan. Faqatgina ikkita jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing