Habibning menejeri uning qaytishiga ishora qildi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdel-Aziz Habibning oktagonga qaytishi mumkinligiga belgi berdi.

U o‘zining Twitter sahifasida "30-0" deya post qoldirgan.

Bu orqali Ali Abdel-Aziz Habibning qaytishiga ishora qilgan. Chunki, Nurmuhamedov MMA’dagi faoliyati mobaynida 29-0 hisobini qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi. 

Keyinroq, UFC Prezidenti Dana Uayt Habib otasi uchun oktagonga qaytishi va 30-g‘alabasini ham qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing