Habibning ligasida UFC chempionlari sharhlovchilik qiladi
Sport
−
13 yanvar 2022
3723Habib Nurmuhamedovga tegishli bo‘lgan “Eagle FC” promousheni Instagram sahifasida mashhur UFC jangchilari Genri Sexudo va Felisiya Spenser AQSHdagi promo-turnirda sharhlovchi bo‘lishi haqida ma’lum qildi.
Sexudo MMA muxlislarini joriy yilning 29 yanvar kuni FLX Cast platformasida jonli efirda bahslarni tomosha qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Genri Sexudo so‘nggi bor 2020 yilning may oyida UFC 249 musobaqasida jang qilgan va Dominik Kruz ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, super yengil vazn toifasidagi kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Ushbu musobaqa yakunlangach, UFC’ni tark etishini e’lon qilgan.
Felisiya Spenser esa 2021 yil dekabr oyi boshida faoliyatini yakunlagan.
Ma’lumot uchun, erkin kurash bo‘yicha Pekin Olimpiadasi chempioni hisoblangan Sexudo o‘z Twitter sahifasida Volkanovskiga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi va Xolloueyni almashtirish taklifi bilan tashkilot rahbari Dana Uaytga murojaat yo‘llagan edi.